Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQShlik erkak avtomobil eshigi barmog‘ini uzib yuborgani uchun BMW kompaniyasini sudga berdi

AQShlik erkak avtomobil eshigi barmog‘ini uzib yuborgani uchun BMW kompaniyasini sudga berdi

AQShning Long Aylend shahrida yashovchi 68 yoshli fuqaro o‘zining BMW avtomobili eshigiga bosh barmog‘ini qattiq qisib oldi. Natijada jiddiy jarohat olgan barmoqning yarmi uzilib tushgani uchun mashina egasi BMW kompaniyasidan 1,9 million dollar miqdorida tovon puli oldi. Bu haqda Pravila Jizni nashri xabar bermoqda.

Voqea 2016 yilda sodir bo‘lgan. Amerikalik dasturchi Godvin Boateng o‘sha vaqtlar eshigi ohista yopiladigan funksiyaga ega BMW X5 avtomobilini boshqarar edi. Mashina egasi kasalxonaga yotqizilgach, shifokorlar barmoqni qayta o‘z holiga qaytarishning iloji yo‘qligini aytishgan.

Tekshiruvlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, kompaniya bunday noxush hodisalarning aniq sonini yashirib kelgan. Sud davomida BMW avtomobil eshigi tufayli atigi bir necha kishi jarohatlanganini da’vo qildi, lekin aslida butun dunyo bo‘ylab ohista yopiladigan funksiyali eshikdan kelib chiqqan jarohatlar bilan bog‘liq kamida 44 ta holat qayd etilgan.

Jabrlanuvchiga tovon puli to‘lash to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan qabul qilindi. Qayd etilishicha, Boateng bunday hukmdan juda mamnun.

Jarohat tufayli Godvin yozish va ovqatlanishni qayta o‘rganishga, shuningdek, sevimli xobbisi bo‘lgan tennis mashg‘ulotlaridan voz kechishga majbur bo‘ldi.

Kiritildi: 12:04 03.07.2024. O'qildi: 1239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!