Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

"AQShga ketasizlar" — Samarqandda firibgar qo‘lga tushdi

"AQShga ketasizlar" — Samarqandda firibgar qo‘lga tushdi

Samarqand viloyati. 2023 yil 28 mart kuni Samarqand shahar Azimbekova ko‘chasida yashovchi 37 yoshli R.I. ariza bilan murojaat qilib, 2019 yil sentyabr oyida tanishi 39 yoshli X.A. fuqarolarni AQSh davlatiga yuborish bilan shug‘ullanishini, ukasini ham AQShga yuborishini aytib ishontirib, Samarqand shahar Panjob mahallasida joylashgan “Xusen bobo” oshxonasi oldida jami 4.500 AQSh dollar pullarini qo‘lga kiritib, bergan va’dasini bajarish uchun ishlatmay, ularni o‘zining ehtiyoji uchun ishlatib yuborganligini bayon etgan.

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida X.A. avval ham bu turdagi jinoyatlarni sodir etkani uchun sudlangani va u ayni vaqtda jazo muddatini o‘tab kelayotgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:32 30.03.2023. O'qildi: 1363 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!