Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yilning yanvar–iyul oylarida AQShga safar qilgan fuqarolar sonini ochiqladi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 7 oyi davomida 8 ming nafar o‘zbekistonlik Qo‘shma Shtatlarga turistik maqsadlar bilan borgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 996 nafarga yoki 14,3 foizga yuqoridir.
Hisobot davrida o‘zbekistonliklarning AQShga borish maqsadlari quyidagicha taqsimlangan:
–sayyohlik – 5 683 nafar,
–qarindoshlarni yo‘qlash – 1 978 nafar,
–o‘qish – 179 nafar,
–xizmat yuzasidan – 104 nafar,
–davolanish – 23 nafar.