70 053 286 AQSh fuqarosi muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalangan. Bu haqda Florida shtati universiteti e’lon qilgan ma’lumotlar dalolat bermoqda, deb yozadi TASS.
Ularning 37,4 milliondan ortig‘i saylov uchastkalariga borib, ovoz bergan, 32,6 millionga yaqini pochta orqali ovoz bergan.
AQShda ro‘yxatga olingan 168 millionga yaqin saylovchi Texas (7,9 million), Florida (7,3 million) va Kaliforniyada (6 million) muddatidan oldin ovoz berdi.
AQShda navbatdagi umumiy saylovlar 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Respublikachi Donald Tramp va demokrat Kamala Xarris davlat rahbari lavozimi uchun kurashmoqda. Tramp Qo‘shma Shtatlarning 45-prezidenti bo‘lgan va 2017 yildan 2021 yilgacha bu lavozimda ishlagan. Xarris Qo‘shma Shtatlar vise-prezidenti lavozimida ishlaydi.