Anomal issiq sababli AQShdagi JCh o‘yinlari qoldirilishi yoki ko‘chirilishi mumkin.
The Guardian nashrining yozishicha, 4 iyul kuni Filadelfiyada o‘tadigan Fransiya – Paragvay uchrashuvi vaqtida havo harorati +37 °C darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.
Shu sababli o‘yin kechiktirilishi yoki butunlay boshqa kunga ko‘chirilishi mumkin.
Shuningdek, 3 iyul kungi Kabo-Verde – Argentina bahsi ham jazirama issiq sharoitida o‘tishi taxmin qilinmoqda.