Nyu-Yorkdagi Grand Central Oyster Bar ustrisalar bari xo‘randasi o‘zining ovqatida katta gavhar topib oldi, deb yozadi Xabar nashri.
Ustrisalar jamlanmasini buyurtma qilgan Rik Antosh unda kattaligi no‘xatdek bo‘lgan gavharni topib olgan va uni tish deb o‘ylagan.
Restoran bosh oshpazi Sendi Ingber bunday topilma juda kam uchraydi, degan fikrda.
Men bu yerda 28 yildan buyon ishlayman. Biz bir kunda besh mingdan ziyod ustrisalar sotamiz, ammo bunday holat faoliyatim davomida ikkinchi bor uchrashi , - deydi u.
Mutaxassisning baholashicha, bunday gavhar ikki mingdan to‘rt ming dollargacha turadi.
Rik Antosh gavharni nima qilishini hali bilmaydi, ammo omadini yana sinab ko‘rmoqchi.
Men bu yerga qaytib, yana gavhar topishga harakat qilib ko‘raman. Qayerda omading kelib qolishini bilmaysan ,- deydi u.
Manba: zamin.uz