Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

AQShda o‘limga hukm etilgan eng yosh inson kim edi?

A A A
AQShda o‘limga hukm etilgan eng yosh inson kim edi?

Jorj Stinney AQShda o‘limga hukm etilgan eng yosh inson edi.

U elektr tokiga ulangan stol orqali qatl etilganida 14 yoshda bo‘lgan. U sud jarayonida va ijro kuniga qadar o‘zining aybsizligini da’vo qilib, har doim qo‘lida Injil olib yurardi.

Jorj 11 yoshli Betti va 7 yoshli Meri ismli oq tanli qizlarni o‘ldirishda ayblangan.

O‘sha paytda sudyalarning hammasi oq tanli edi. Sud faqat ikki soat davom etdi va 10 daqiqadan so‘ng jazo hukmi o‘qib eshittirildi. O‘sha paytda bolaning oilasini qo‘rqitib, shahardan haydab chiqarishgandi.

Ijrodan oldin Jorj, ota-onasini ko‘rmasdan 81 kun yashadi. Shahardan 80 kilometr uzoqdagi hujrada yolg‘iz tutqunlikda saqlandi. Ota-onasining va advokatning ishtirokisiz yolg‘iz edi.

So‘ng boshiga 5,380 volt elektr toki berildi.

Nihoyat 70 yil o‘tib, aybsizligi Janubiy Karolinalik sudya tomonidan isbotlandi. Bola aybsiz bo‘lgan, uning yagona aybi qora tanli ekanida edi.

Stiven King bu voqeadan ilhomlanib 1996 yilda "Yashil maskan" (The Green Mile) nomli asarni yozdi. Keyinchalik asar asosida ishlangan film dunyo yuzini ko‘rdi.

Kiritildi: 17:30 29.12.2021. O'qildi: 9005 marta. Fikrlar soni: 5 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!