Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

AQShda uchar taksilar xizmati joriy etildi

AQShda uchar taksilar xizmati joriy etildi

Nyu-Yorkda yo‘lovchilarni shahar aeroportiga yetkazuvchi uchuvchi taksilar xizmati yo‘lga qo‘yildi. 

"CNN" telekanali xabariga ko‘ra, "Uber Sopter" uchar taksi xizmati AQShning "Uber" kompaniyasi tomonidan joriy etilgan.

Uchar taksilar Jon Kennedi xalqaro aeroporti tomon yo‘llardagi tirbandliklarni kechib o‘tib yo‘lovchilarni bir necha daqiqalarda aeroport manziliga yetkazadi. Xizmat narxi hozirda 200 AQSh dollari qiymatida belgilangan. Vertolyot bortida yo‘lovchi yuklarini joylash uchun ham maxsus yukxonalar mavjud.

Yo‘lovchilar vaqtini tejash, shuningdek, xizmatni yanada qulayligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida kelajakda kompaniya tomonidan uchuvchi avtomobillar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. 

AQShning yetakchi onlayn transport tizimi tomonidan taqdim etilgan ushbu "Uber Sopter" xizmatdan maxsus mobil ilova orqali foydalaniladi. 

Manba: uza.uz

Kiritildi: 21:45 12.07.2019. O'qildi: 1404 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!