Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShda to‘polon: Tramp o‘z "jangchi"larini ishga solmoqda

A A A
AQShda to‘polon: Tramp o‘z "jangchi"larini ishga solmoqda

AQShning amaldagi prezidenti Donald Tramp tarafdorlari bilan polisiya o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘ldi. Bu Vashingtonda saylov natijalari Kongress tomonidan tasdiqlanishi arafasida yuz berdi, deb yozmoqda  USA Today.

Gazetaning taxminlariga ko‘ra, Oq uy yonida yuzlab odamlar to‘planib, ularning aksariyati Amerika bayroqlarini ko‘tarib turishgan. Norozilik aksiyasi paytida "O‘g‘irlikni to‘xtating" va "Tramp mening prezidentim" degan shiorlar yozilgan futbolkalar va kepkalar sotildi.

Polisiya olti namoyishchini lisenziyasiz o‘qotar qurol olib yurganligi va ofiserlarga hujum qilgani uchun hibsga oldi. Namoyishlar keyingi norozilik namoyishlari uchun debochadir. Ularda Trampning ishtirok etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Tramp hamon saylov natijalaridan norozi.

Kiritildi: 16:20 06.01.2021. O'qildi: 4918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik