AQSh Kongressidagi demokratlar mamlakat prezidenti Donald Trampga qarshi Davlat departamenti amaldorini ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq tergov boshladi, deya xabar beradi Ozodlik radiosi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ishdan bo‘shatilgan amaldor Stiv Linik Davlat kotibi Mayk Pompeoning faoliyatini tekshirayotgan bo‘lgan.
Linik tomonidan aniqlanishicha, Mayk Pompeo qo‘l ostidagilarning ishini suiste’mol qilishi mumkinligi haqidagi shikoyatlarni o‘rganib chiqqan. Unga ko‘ra, davlat kotibi xodimlaridan shaxsiy vazifalarni bajarishni, xususan, oziq-ovqat sotib olish va itiga qarashni talab qilgan.
O‘z tergovlari davomida, demokratlar Tramp ma’muriyatidan Linikning ishdan bo‘shatilishi bilan bog‘liq hujjatlarni, shuningdek, uning tergovi haqidagi ma’lumotlarni topshirishni talab qilishdi.
Qayd etilishicha, Linik so‘nggi bir oy ichida Donald Trump tomonidan hokimiyatning ehtimoliy noqonuniy xatti-harakatlarini o‘rganish jarayonida ishdan bo‘shatilgan uchinchi rasmiy shaxs bo‘ldi.