Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

AQShda TikTok bloklanishi kechiktirilishi mumkin

AQShda TikTok bloklanishi kechiktirilishi mumkin

AQSh Prezidenti Donald Tramp TikTok ijtimoiy tarmog‘ining mamlakatda bloklanishi kechiktirilishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda u Reuters agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Bu, ehtimol, Xitoydan ruxsat olishni talab qiladi. Ammo menimcha, biz bunga erishamiz. Prezident Si [Szinpin] oxir-oqibat bu bitimni ma’qullaydi, deb o‘ylayman,” — dedi Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, blokirovka vaqtincha kechiktirilishi TikTok'ning AQShdagi aktivlari bo‘yicha kelishuvga erishish maqsadida ko‘rib chiqilmoqda.

TikTok 2024 yildan buyon AQSh hukumati nazoratida bo‘lib, milliy xavfsizlik tahdidlari sababli uning faoliyati cheklanishi yoki sotilishi masalasi ko‘ndalang turibdi.

Kiritildi: 16:36 17.06.2025. O'qildi: 348 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!