Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

AQShda sovuq ob-havo qurbonlarining soni 30 kishidan oshdi

AQShda sovuq ob-havo qurbonlarining soni 30 kishidan oshdi

AQShda sovuq ob-havo qurbonlarining soni 30 kishidan oshdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining janubiy mintaqalariga tushgan noodatiy sovuq va qalin qor tufayli 34 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CBS telekanali ma’lumotlariga tayanib, «RBK» xabar berdi.

Telekanalda aytilishicha, qurbonlar soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Texasda qayd etildi. Ushbu shtatda sovuq ob-havo bilan bog‘liq hodisalar natijasida 20 kishi halok bo‘ldi. Shtatning 300 ming aholisi elektrsiz, 260 mingdan ortig‘i suvsiz qoldi.

Shuningdek, The New York Times gazetasi halok bo‘lganlar soni 38 nafarni tashkil qilayotgani haqida xabar bergan.

«Ba’zilar muzli yo‘llarda yuz bergan baxtsiz hodisalar tufayli, ba’zilari sovuqdan vafot etgan. Ayrim hollarda isinishga urinishlar ham o‘limga olib kelmoqda» — deyiladi gazeta xabarida.

Sovuq ob-havo tufayli suv ta’minoti bilan bog‘liq muammolar butun AQSh bo‘ylab yuzaga kelmoqda, ichimlik suvi yetkazib beruvchi quvurlar sovuqqa dosh berolmayapti. Bundan tashqari, 18 fevral kuni 2,5 million kishi elektrsiz qolgan.

Odamlar avtomobilda isinishga harakat qilmoqda, natijada avtomobil ichida is gazidan zaharlanish bo‘yicha bitta holat qayd etildi. Shu bilan birga, xonadonlarni gaz plitasi yoki kaminlar bilan isitishga urinishlar yong‘inga olib kelmoqda.

Prognozlarga ko‘ra, mamlakat janubidagi noodatiy sovuq yana bir necha kun davom etadi.

Shuningdek, Bloomberg AQShda rekord darajadagi sovuqlar shamol elektrostansiyalari va quyosh batareyalarining ishdan chiqishiga olib kelgani, bu esa elektr energiyasi va gaz narxlarining ko‘tarilishiga sabab bo‘lgani  haqida xabar bergan. Texas elektr tarmog‘i operatorining aytishicha, elektr quvvati tanqisligi elektr stansiyalarida tabiiy gaz yetishmasligi va muzlash tufayli shamol elektr stansiyalarining to‘xtab qolishi bilan bog‘liq.

Avvalroq Texas shtatidagi magistral yo‘lni muz qoplashi oqibatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida kamida 130 ta mashina to‘qnashgani haqida xabar berilgandi. Halok bo‘lganlar soni olti kishiga yetgan, yana 36 kishi turli darajadagi jarohatlar bilan kasalxonalarga yotqizilgan.

NBC telekanalining xabar berishicha, ob-havo sharoiti tufayli yirik yo‘l-transport hodisalari shtatning boshqa hududlarida ham sodir bo‘lgan. Ularda kamida uch kishi halok bo‘lgan.

Kiritildi: 17:04 19.02.2021. O'qildi: 1268 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!