Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

AQShda sovuq havo tufayli halok bo‘layotganlar soni ortmoqda

AQShda sovuq havo tufayli halok bo‘layotganlar soni ortmoqda

AQShda sovuq havo va kuchli qor yog‘ishi tufayli vafot etganlar soni 47 kishiga yetdi. Bu haqda "The Washington Post" o‘z hisob-kitoblariga asoslanib xabar bergan.  

Jabrlanganlarning aksariyati Texas shtatida bo‘lib, u yerda aholi noqulay ob-havo sharoiti tufayli elektr energiyasiz qolgan. 

Texasda vafot etganlar 30 kishini tashkil etmoqda. 

Qutqaruvchilarga ko‘ra, qurbonlar soni ko‘payishi mumkin. 

Shtatdagi quduqlar, gaz quvurlari va shamol turbinalari muzlab qolgan. 

Shuningdek, AQShda millionlab odamlar elektr energiyasiz qolmoqda. 

Avvalroq, AQShdagi kuchli qor bo‘roni 21 kishining hayotiga zomin bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Kiritildi: 10:07 20.02.2021. O'qildi: 1737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!