Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

AQShda qunduzlarda ham “COVID-19” infeksiyasi aniqlandi

AQShda qunduzlarda ham “COVID-19” infeksiyasi aniqlandi

AQShning Jorjiya shtatida qunduzlar “COVID-19” bilan zararlangan. Bu haqda Jorjiya shtatidagi akvarium matbuot xizmati xabar bermoqda. Manbaga ko‘ra, hayvonlarning nafas olish tizimida muammolar paydo bo‘lgan. Ularda burun oqishi, ba’zilarida esa yo‘tal, charchoq kabi alomatlar kuzatilmoqda. 

“Ularning to‘liq tiklanishi kutilmoqda.. Qunduzlarlar tashrif buyuruvchilarga ko‘rsatilmaydi va ular mutaxassislar nazorati ostida”, deyiladi xabarda.

Hayvonlar infeksiyani kasallik alomatlari sezilmagan akvarium xodimidan yuqtirib olgani aytilmoqda. Negaki, ular mehmonlar bilan bevosita aloqada bo‘lmaydi.

Avvalroq Kanadadagi Dalxauzi universiteti tibbiyot maktabining patologiya kafedrasi olimlari dengiz hayvonlarini koronavirusni yuqtirish xavfi borasida xavotir bildirishgan edi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, chiqindi suvlar bilan birga “SARS-CoV-2” virusi jahon okeanlariga tushib, uning hayvonot olamini zararlashi mumkin.

Kiritildi: 16:45 24.04.2021. O'qildi: 1846 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!