Bu haqda “Report” Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish federal markazlari (CDC) ma’lumotlariga asoslanib xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, qizamiq epidemiyasi Amerika shtatlarining yarmini qamrab olgan. Rasmiylar 25 shtatda 712 kishida virus borligini tasdiqladi. Kasallikning uchdan bir qismi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, yana 38 foizi 5 yoshdan 19 yoshgacha bo‘lgan bolalarda uchraydi. Bundan tashqari, kasallanganlarning 97 foizi qizamiqga qarshi emlanmagan.
Hisobotga ko‘ra, yuqtirganlarning 11 foizi kasalxonaga yotqizishni talab qilgan. Kasallikning faqat uchta holati o‘limga olib keldi.
Shu hafta boshida AQSh sog‘liqni saqlash va inson xizmatlari kotibi kichik Robert Kennedi butun mamlakat bo‘ylab odamlarni qizamiqga qarshi emlashga chaqirdi. AQSh prezidenti Donald Tramp kasallik bilan bog‘liq vaziyat yomonlashsa, rasmiylar qat’iy choralar ko‘rishini aytdi.