Qo‘shma Shtatlarning Endryus aviabazasida yadro urushi yoki global inqiroz yuz bergan taqdirda mamlakatning oliy harbiy-siyosiy rahbariyatini himoyalangan bunkerlarga favqulodda evakuasiya qilish uchun oxirgi 60 yil ichida birinchi marta yangi vertolyot eskadrilyasi tashkil etildi, deya xabar bermoqda nashr.
Qayd etilishicha, 5-vertolyot eskadrilyasi Qo‘shma Shtatlarda davlat boshqaruvining uzluksizligini ta’minlash bilan shug‘ullanadi. Uning vazifasi favqulodda vaziyatlar, inqirozlar yoki poytaxtga nisbatan tahdidlar paytida hukumatning asosiy rahbarlari, harbiy mulozimlar va o‘ta muhim xodimlarni xavfsiz va tezkor ravishda evakuasiya qilishdan iborat.
The War Zone ma’lumotlariga ko‘ra, eskadrilyaning tashkil etilishi hukumat faoliyatining uzluksizligi protokollarining bir qismidir.