Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

AQShda polisiyachi tiz cho‘kkan erkakni otib tashladi

AQShda polisiyachi tiz cho‘kkan erkakni otib tashladi

Shimoliy Kaliforniyada polisiyachi tiz cho‘kib turgan erkakni otib tashladi. Bu haqda The Guardian yozmoqda.

Nashrning xabar berishicha, voqea Valyexo shahrida Walgreens do‘koni yaqinida bo‘lgan va mahalliy aholining g‘azabini qo‘zg‘agan.

San-Fransiskoda yashovchi Shon Monterros dorixonada o‘g‘irlik bo‘lgani haqida chaqiruvga asosan kelgan polisiyachi tomonidan o‘ldirildi.

“U polisiya kelganida tiz cho‘kdi va taslim bo‘ldi. Ammo polisiyachilar uni otib tashladi. Ular uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mashinadan otib tashladilar", — dedi marhumning oilasini himoya qiluvchi advokat Melissu Nold.

O‘z navbatida, Valyexo polisiyasi boshlig‘i Shouni Uilyams 3 iyun kuni zobit Monterrosning harakatlarida tahdidni ko‘rgani sababli o‘q uzganini aytdi. Shu bilan birga, Uilyams otgan polisiyachining ismini ma’lum qilmadi.

Kiritildi: 13:17 05.06.2020. O'qildi: 6776 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!