AQShning Janubiy Karolina shtatidagi Kolumbiya shahrida yuz bergan otishma oqibatida bir polisiya xodimi halok bo‘ldi, yana bir ofiser yaralandi.
Bu haqda Associated Press agentligi Kolumbiya polisiyasi boshlig‘i Uilyam «Skip» Xolbrukka tayanib xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea maishiy janjal haqidagi murojaatdan so‘ng sodir bo‘lgan. Bir ayol polisiyaga unga yaqinlashishi sud tomonidan taqiqlangan erkak uyidagi mol-mulkni yo‘q qilayotganini ma’lum qilgan.
«Halok bo‘lgan ofiser, 29 yoshli Kristofer DeLong polisiyada ikki yil ishlagan. Uning rafiqasi va ikki nafar kichik farzandi qoldi», — dedi Xolbruk.
Polisiya boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, otishmada gumon qilingan shaxs voqea joyida halok bo‘lgan.
Shuningdek, u avval ham bir necha bor qonun bilan muammolarga duch kelgani ma’lum qilindi.