Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShda mast qushlar hamma yerni “alg‘ov-dalg‘ov qilmoqda”

A A A
AQShda mast qushlar hamma yerni “alg‘ov-dalg‘ov qilmoqda”

AQShning Minnesota shtatidagi Gilbert shaharchasi aholisi pishib o‘tib ketgan mevalardan ko‘p miqdorda yeb, o‘zini mastdek tutayotgan qushlarning xatti-harakatidan shikoyat qilishdi. 

Ta’kidlanishicha, shaharda qushlar o‘zini g‘alati tutishi bilan bog‘liq holatlar ko‘paymoqda: ular o‘zini binolar oynalari, mashinalarga borib urmoqda va boshqa g‘alati harakatlar sodir etmoqda. Shu yuzasidan aholidan polisiyaga ko‘plab shikoyatlar tushgan. 

“Bu yerda o‘suvchi ba’zi rezavor mevalar erta sovuq sababli odatdagidan avval achiy boshlagan va bu o‘z navbatida bijg‘ish jarayonini tezlashtirgan. Ko‘rinishicha, ba’zi qushlar o‘zini mastdek tutmoqda”, deb aytilgan polisiya boshlig‘i Tay Techar bayonotida. Ta’kidlanishicha, qushlar o‘z harakatlarini bazo‘r boshqarmoqda, gohida esa ma’lum yo‘nalish bo‘ylab harakatlana olmayapti.

Oregon shtati universitetida ta’kidlanishicha, oktyabr davomida achib ketgan mevalarni iste’mol qilgan qushlar o‘zini mastdek tutadi.   

Polisiya boshlig‘ining aytishicha, joriy yilda mast qushlar bilan bog‘liq vaziyat jiddiyroq tus olgan. Ko‘plab qushlar janubga uchib ketmagani sababli ular avvalgi yillardagidan ko‘proqdir. 

Polisiyada ta’kidlanishicha, qushlar bilan bog‘liq holda shoshilinch xizmatlarni chaqirishga hojat yo‘q, chunki qushlar yaqin orada hushyor tortadi.

Manba: kun.uz

Kiritildi: 23:01 05.10.2018. O'qildi: 1556 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik