Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQShda koronavirus qurbonlari soni 50 mingdan oshdi

A A A
AQShda koronavirus qurbonlari soni 50 mingdan oshdi

AQShda koronavirus qurbonlari soni 50 ming kishidan oshib ketdi. Ma’lumot Jons Hopkins saytida keltirilmoqda.

Qayd etilishicha, 50 114 kishi vafot etgan. Koronavirusga chalinish holatlari 870,4 mingdan oshgan, 80 mingdan ortiq kishi sog‘aygan.

Birgina Nyu-York shahrida 16400ga yaqin kishi vafot etgan.

AQSh ayni damda koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari orasida yetakchilik qilmoqda. 

Dunyo bo‘yicha esa koronavirus yuqtirganlar soni 2,7 mln kishidan oshgan, 192,1 ming kishi vafot etgan.

Kiritildi: 23:11 24.04.2020. O'qildi: 3771 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik