AQShda Lulu laqabli border-kolliga xo‘jayinidan meros qoldi. Endi Lulu boy it. O‘tgan yili itning 84 yoshli xo‘jayini Dorris vafot etgan edi.
U vasiyatnomasida itini asosiy merosxo‘r sifatida qayd etgan. «5 mln dollarni itim Lulu hech narsaga muhtoj bo‘lmasligi uchun vasiyat qilib qoldiraman» deb yozgan marhum Dorris vasiyatnomasida.
Ayni paytda boyvachcha 8 yashar itga marhumning qo‘shnisi Marta Berton qarab turadi. Marta — itga qoldirilgan millionlardan foydalanishga huquqli yagona inson.
Shuningdek, itga vafot etgan xo‘jayinidan mol-mulk ham qolganligi aytilmoqda.