AQShning Fors ko‘rfazi sohillariga Isaias dovuli yetib keldi. Dovul xavfi sabab Florida, Alabama va boshqa ayrim shtatlarda favqulodda holat e’lon qilinib, qirg‘oqbo‘yi hududlarida yashovchilar hamda sayyohlarni xavfsiz joylarga ko‘chirish choralari ko‘rilmoqda. Bu haqda SNN xabar berdi.
AQSh Milliy dovullar markazi ma’lumotiga ko‘ra, 9 oktyabr kuni dovulning shamol tezligi soatiga 185–195 kilometrgacha yetgan. Isaias Florida shtatining shimoli-g‘arbiy qirg‘og‘i yaqinida quruqlikka chiqib, keyinchalik Alabama tomon harakatlangan.
Mutaxassislar qirg‘oqbo‘yi hududlarida kuchli shamol, dengiz suvi sathining ko‘tarilishi, jala va suv toshqini xavfi haqida ogohlantirgan. Ayrim joylarda 38 santimetrgacha yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkinligi bildirilgan. Shuningdek, tornado yuzaga kelishi ehtimoli ham mavjud.
Dovul sabab qirg‘oqbo‘yi hududlarida majburiy evakuasiya choralari ko‘rilgan. Ayrim aeroportlarda reyslar bekor qilingan yoki kechiktirilgan, transport qatnovida ham uzilishlar kuzatilgan. Meksika ko‘rfazidagi dengiz platformalaridan neft-gaz sohasi xodimlari evakuasiya qilinib, qazib olish hajmi qisqartirilgan.
Isaias AQShning janubiy hududlarida kuchli shamol va suv toshqini xavfini yuzaga keltirgan. Dovul quruqlik ichkarisiga siljishi bilan kuchsizlana boshlagan bo‘lsada, ayrim hududlarda kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqini xavfi saqlanib qolgan.