Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

AQShda gaz narxi oshishiga Baydenning siyosati sabab bo‘lgan

A A A
AQShda gaz narxi oshishiga Baydenning siyosati sabab bo‘lgan

AQShda benzin narxi Bayden ayblamoqchi bo‘lgan Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning harakatlari tufayli emas, balki AQSh prezidenti Jo Bayden siyosati tufayli oshib bormoqda. Bu haqda Fox News telekanalida siyosiy sharhlovchi Taker Karlson ma’lum qildi.

“Bu shunchaki sharmandalik. Umuman olganda, bu shunchaki hayratlanarli. Hech kim birorta so‘zga ishonmaydi, chunki bu ochiq-oydin yolg‘on", - dedi Karlson Baydenning Putinga qarshi ayblovlarini izohlab.

Uning eslatishicha, Qo‘shma Shtatlar tabiiy resurslarga boy mamlakat, ammo ayni paytda amerikaliklar oziq-ovqat va energiya resurslari taqchilligini boshdan kechirmoqda.

Avvalroq AQSh neft va gaz assosiasiyasi prezidenti Tim Styuart mamlakatda so‘nggi yarim asrdagi eng og‘ir energetika inqirozini e’lon qilgan edi.

Jo Bayden Vladimir Putinni yoqilg‘i narxi oshishi va oziq-ovqat narxining oshishida aybladi, shuningdek, Qo‘shma Shtatlardagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari rahbarlarini benzin narxini pasaytirishga chaqirdi.

Kiritildi: 11:09 07.07.2022. O'qildi: 2834 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!