Florida shtatining Orlando shahrida Braziliya razvedka agentligining sobiq rahbari Aleshandri Ramagem qo‘lga olindi.
«Ramagem Orlando ko‘chalaridan birida bo‘lgan vaqtda... unga Immigrasiya va bojxona xizmati (ICE) xodimlari yaqinlashishgan. Hujjatlar tekshirilganidan so‘ng, u Amerika hukumati tomonidan hibsga olingan», — deb yozadi G1 portali.
Qayd etilishicha, Ramagemning qo‘lga olinishiga immigrasiya bilan bog‘liq masalalar sabab bo‘lgan.