Bugun 7 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQShda 300 dan ortiq Janubiy Koreya fuqarolari qo‘lga olindi

AQShda 300 dan ortiq Janubiy Koreya fuqarolari qo‘lga olindi

AQShdagi Hyundai zavodida reyd o‘tkazildi.

Bu haqda Janubiy Koreya Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

AQSh Ichki xavfsizlik departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, reyd davomida jami 475 nafar xorijlik ushlangan. Ularning asosiy qismi Janubiy Koreya fuqarolari bo‘lib, ushbu reyd oxirgi 20 yil ichida eng yirik operasiya bo‘lgan.

CNN telekanaliga ko‘ra, kompaniya vakillari qo‘lga olinganlarning hech biri Hyundai'ning bevosita xodimi emasligini ta’kidlagan.

"Hyundai kompaniyasi o‘zi faoliyat yuritayotgan barcha bozorlarda qonun va tartib-qoidalarga qat’iy rioya qiladi. Bu mehnatga qabul qilish jarayonida xodimlarni tekshirish talablari va immigrasiya qonunlariga amal qilishni ham o‘z ichiga oladi", deya bayonot berdi kompaniya.

Janubiy Koreya hukumati esa bu operasiya chog‘ida, asosan, o‘z fuqarolari nishonga olinganidan "jiddiy xavotir va afsus" bildirdi.

Kiritildi: 23:49 06.09.2025. O'qildi: 1003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!