Qo‘shma Shtatlar Yevropadan Yaqin Sharqqa qo‘shimcha F-16 va F-35 qiruvchi samolyotlarini qayta joylashtirishga qaror qildi.
Bu haqda The New York Times nashri Amerika rasmiylariga tayanib xabar bermoqda.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, Germaniyada joylashgan AQSh havo kuchlarining F-16 qiruvchi samolyotlari, shuningdek, Buyuk Britaniyada joylashgan yashirin F-35 samolyotlari allaqachon mintaqaga yuborilgan. Bundan tashqari, AQSh qo‘shimcha tanker samolyotlarini qayta joylashtirmoqda.
Gazetaning ta’kidlashicha, bu choralar Tramp ma’muriyati yaqin orada Eronga qarshi zarbalarni kuchaytirishi mumkinligidan yana bir dalolatdir.
Biroq, qo‘shimcha jangovar samolyotlarning aniq joylashuvi hali aniqlanmagan. Ba’zi Amerika tanker samolyotlari Isroildagi aviabazalarda joylashtirilishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh va Isroil 28 fevral kuni Eronga qarshi harbiy operasiyani boshladilar. Iyun oyida Vashington va Tehron barcha jabhalarda, jumladan, Livanda ham harbiy harakatlarni darhol to‘xtatishga chaqiruvchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar. Biroq, 8 iyul kechasi AQSh Eronga qarshi keng ko‘lamli hujumlarni qayta boshladi va Tehronni Hormuz bo‘g‘ozi bo‘yicha kelishuv shartlarini buzganlikda aybladi.