Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

AQSh Xitoyning boshiga Sobiq ittifoqning kunini soladi, agar...

AQSh Xitoyning boshiga Sobiq ittifoqning kunini soladi, agar...

Agar G‘arb siyosati foydasiga o‘z avtoritar rejimidan voz kechmasa, Xitoyning boshiga Sobiq ittifoqning kuni tushadi. Payshanba kuni AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo ana shunday ogohlantirish bilan chiqdi.

Stiv Gruberning mualliflik ko‘rsatuvida mehmon bo‘lgan Tashqi ishlar vaziri "Xitoyni AQSh va umuman G‘arbning eng xavfli raqibi deb bilasizmi?" degan savolga ijobiy javob berdi. Pompeo, shuningdek, Xitoy G‘arb bilan texnologik, harbiy, tijorat va moliyaviy sohalarda raqobatlashayotganiga rozi.

"Men ishonaman, endi butun dunyo bu avtoritar rejim biznikidan mutlaqo farq qilayotganini ko‘rmoqda", — deya ta’kidlaydi u.

"Oxir oqibat, Xitoy Kommunistik partiyasi ular haqiqatan ham dunyodagi xalqlarning yaxshiroq ishtiroki uchun harakat qilib, madaniyatli xalqlar birlashmasining bir qismi bo‘lishni xohlashadimi yoki yo‘qligini hal qilishlari kerak. Biz hammamiz Sobiq ittifoqi tarixini yaxshi bilamiz. [Xitoyliklar] avtoritar rejim asosida harakat qiladimi? Agar shunday bo‘lsa, Prezident Tramp Amerika xalqini qanday himoya qilishni biladi", deb davom etdi AQSh Davlat kotibi.

"Biz qurolli kuchlar orqali kerakli ishlarni qilamiz va diplomatik usul orqali to‘g‘ri yo‘l tutamiz", — deya ishontirdi u.

Shu bilan birga, Pompeo Vashingtonning Pekin bilan "savdo aloqalarini o‘rnatish" borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettirish tarafdori.

Kiritildi: 22:40 07.05.2020. O'qildi: 9301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!