AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Tinch okeani floti Xitoyga uning harbiy faolligiga qarshi turishga tayyorligini ko‘rsatish uchun kuchini global namoyish etish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda "Kun" nashri manbalarga asosan xabar bermoqda.
Maxfiy hujjat noyabr oyida bir hafta ichida Tinch okeani flotining bir nechta operasiyalarini o‘tkazishni taklif qiladi.
Kemalar, jangovar samolyotlar va shaxsiy tarkibni jalb qilgan holda o‘tkaziladigan ushbu tadbirlarning maqsadi - Qo‘shma Shtatlar «dushmanga birdaniga bir necha jabhada tezda qarshilik ko‘rsatishga qodirligini» ko‘rsatish.
Taxminlarga ko‘ra, mashqlar Xitoy suvlariga bevosita yaqin joyda o‘tkaziladi. Shunga qaramasdan, taklifda Amerika kemalari Xitoy floti bilan jangovar harakatlarga kirishish niyatida emasligi aytiladi.