Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh Xitoyga tegishli kompaniyalarning qora ro‘yxatini e’lon qildi

AQSh Xitoyga tegishli kompaniyalarning qora ro‘yxatini e’lon qildi

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi yangi bosqichga chiqmoqda. Endi AQSh Savdo vazirligi uyg‘urlarni jinoiy javobgarlikka tortish va ommaviy qirg‘in qurollari ustida ish olib borishda ayblab, bir qator Xitoy tashkilotlarini qora ro‘yxatga oldi.

AQSh Savdo vazirligi Xitoyning 33 ta kompaniyasi va hukumat tashkilotlarining qora ro‘yxatini e’lon qildi. Tegishli sanksiyalar ro‘yxati 22 may, juma kuni vazirlik veb-saytida paydo bo‘lgan.

Uyg‘ur va boshqa musulmon ozchiliklarga qarshi "qatag‘on va ommaviy noqonuniy hibsga olish kampaniyasida" qatnashgan sakkizta kompaniya va XXR Ijtimoiy xavfsizlik vazirligining sud-tibbiyot instituti, shular jumlasidan. Amerika Qo‘shma Shtatlari boshqa kompaniya va tashkilotlarni mamlakatning milliy xavfsizligiga va ommaviy qirg‘in qurollarini yaratishga tahdid soluvchi faoliyatda gumon qilmoqda.

Qora ro‘yxatga olingan barcha kompaniyalarga AQShdan tovarlar va texnologiyalarni eksport qilish taqiqlangan.

AQSH-Xitoy tarangligi Donald Trampning Xitoy hukumatini pandemiyani yashirganlikda ayblaganidan so‘ng yanada kuchaygan.

Butunxitoy xalqlari Kongressi vakili Chjan Yesui, juma kuni Xitoy parlamentining yillik sessiyasining ochilishida, agar AQSh Kongressi shu sabablar bahonasida Xitoyga qarshi sanksiyalarni qo‘llasa, Qo‘shma Shtatlarga "qasos" olish bilan tahdid qildi.

Kiritildi: 08:40 25.05.2020. O'qildi: 3520 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!