Bu haqda Oq uy apparati rahbari o‘rinbosari Stiven Miller Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.
"Qo‘shma Shtatlar ham Xitoyga nisbatan sezilarli va chuqur ta’sir kuchiga ega. Birinchi navbatda, biz mamlakatni, uning barcha rivojlanishi va sanoatlashuvini to‘liq moliyalashtirmoqdamiz", dedi u. "Bizda boshqa ta’sir kuchlari bor, men bunga kirishni xohlamayman, lekin Xitoy xavfsizligi uchun juda muhim bo‘lgan juda ko‘p narsalar borki, ular Qo‘shma Shtatlardan kerak bo‘ladi. Shunday ekan, Xitoyning deeskalatsiya yo‘lini tanlashi juda oqilona bo‘lardi".
AQSh prezidenti Donald Tramp 2 aprel kuni dunyoning 185 mamlakati va hududi tovarlariga bojxona to‘lovlari joriy etilishini ma’lum qildi. 9 aprel kuni u muzokaralar olib borishga tayyorligini ko‘rsatgan 75 davlat uchun tariflarni oshirishni 90 kunga to‘xtatib qo‘yganini ma’lum qildi. Ularga 10 foizlik import bojlari joriy etiladi. Bu chora Xitoyga taalluqli emas.