Xorijiy aktivlarni nazorat qilish idorasi (OFAC) Venesuela va Eronda joylashgan 10 nafar jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan sankuiyalar joriy etilganini e’lon qildi.
Bu haqda AQSh moliya vazirligi saytidagi bayonotda aytilgan.
G‘aznachilik kotibining terrorizm va moliyaviy razvedka bo‘yicha o‘rinbosari Jon S. Xerlining ta’kidlashicha, bu harakatlar Eron harbiy-sanoat kompleksini qo‘llab-quvvatlovchilarning AQSh moliya tizimiga kirishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan.
Yangi sanksiyalar agentlikning yadro qurollarining tarqalishiga qarshi siyosatini davom ettiradi va BMTning Eronga qarshi sanksiyalarini 27 sentyabrdan boshlab qayta joriy etish qarorini qo‘llab-quvvatlaydi. Eronning dron va raketa dasturlari Yaqin Sharqdagi AQSh va ittifoqchilar xodimlariga tahdid soladi hamda Qizil dengizdagi tijoriy yuk tashishni beqarorlashtiradi. Qolaversa, Eronning Karakasga odatiy qurol sotishi AQShning G‘arbiy yarimshardagi manfaatlariga tahdid soladi.