Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh va Xitoy iqlim uchun o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar

AQSh va Xitoy iqlim uchun o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar

Qo‘shma Shtatlar va Xitoy Shanxaydagi uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot qabul qilib, iqlim uchun o‘zaro hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Ma’lum qilinishicha, hujjat AQSh prezidentining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha maxsus vakili Jon Kerri va uning xitoylik hamkasbi Se Chjenxua o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng kelishib olindi. Unda mamlakatlar bir-biri bilan va boshqa davlatlar bilan Parij kelishuvini amalga oshirishda ishlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

«Qo‘shma Shtatlar va Xitoy bir-birlari bilan va butun dunyo bilan iqlim inqirozini yengish uchun ishlashga sodiqdirlar, bu muammoni o‘ta jiddiylik va shoshilinchlik bilan hal qilish kerak»,- deyiladi Davlat departamentida.

Xususan, shtatlar sayyoradagi harorat ko‘tarilish darajasini ikki darajadan pastroq darajada ushlab turishni va uni 1,5 darajagacha cheklashga intilmoqda.

Shuningdek, shtatlar 22-23 aprel kunlari onlayn tarzda o‘tkaziladigan iqlim sammitining o‘tkazilishini ham mamnuniyat bilan qabul qildilar.

 

Kiritildi: 20:35 18.04.2021. O'qildi: 2261 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!