Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

AQSh va Tolibon kelishdi – endi nima bo‘ladi?

AQSh va Tolibon kelishdi – endi nima bo‘ladi?

Vashington bosh muzokarachisining so‘zlariga ko‘ra, AQSh vakillari Tolibon jangarilari bilan "qat’iy" kelishuvi doirasida ular 20 xafta ichida Afg‘onistondan 5400 nafar harbiylarini olib chiqishadi. Bu haqda "minbar.uz" yozmoqda.

Zalmay Xalilzod uzoq kutilgan kelishuv haqida afg‘on rahbarlarini xabardor qilganidan so‘ng, bu haqda birinchi bo‘lib televideniyega intervyu berganini gapirdi.

Ammo Xalilzodga ko‘ra, yakuniy ma’qullash hali ham AQSh Prezidenti Donald Tramp tomonidan amalga oshiriladi.

Mazkur intervyu translyasiyasi chog‘ida Kobulda yirik portlash sodir bo‘ldi.

Tolibon bu hujum ortida kamida 16 kishini o‘ldirilishi va 119 kishini jarohatlashiga olib keluvchi traktorga o‘rnatilgan bomba ishlatilganini aytmoqda.

Maqsad shaharning mustahkam yashil hududidan uncha uzoq bo‘lmagan joydagi xorijliklar yashaydigan turar-joy majmuasi bo‘lgan.

Biroq bu aynan afg‘on fuqarolariga qimmatga tushgan. Tongda ko‘chalarda g‘azab kuchayishi bilan 400 ga yaqin chet elliklar bu tumandan olib chiqilgan. Mahalliy aholi shinalarni yoqib, asosiy yo‘lni to‘sib qo‘yishgan va chet elliklar bu hududni butunlay tark etishini talab qilishgan.

«Bu ular uchun birinchi marta azob chekishimiz emas», - Abdul Jamil AFP agentligiga. - "Ularni boshqa bu yerda bo‘lishini xohlamaymiz"

Afg‘onistonlik oddiy fuqarolar, jangarilar va hukumat kuchlari borasida haligacha aniq raqamlar ma’lum emas. BMTning 2019 yil fevral oyidagi hisobotida 32 000 dan ortiq tinch aholi halok bo‘lganligi aytilgan.

Braun universiteti qoshidagi Uotson institutining ta’kidlashicha, 58 000 nafar xavfsizlik xizmati xodimlari va 42 000 muxolifatchi o‘ldirilgan.

Kaliforniya: kemada yong‘in

Kaliforniya qirg‘og‘idagi "Konsepshn" kemasida yong‘in: sakkiz kishi halok bo‘lgan.

Kaliforniya shtatining Santa-Krus oroli shimoliy qirg‘og‘ida cho‘kib ketgan «Konsepshn» sayr kemasidan yana 4 kishining jasadi topilgan. Shu tariqa qurbon bo‘lganlarning soni 8 kishiga yetdi, yana 20 dan ziyod insonlar bedarak ketgan hisoblanmoqda.

Kema bortida 34 nafar yo‘lovchi va ekipajning 5 a’zosi bo‘lgan. Kema yonib, Santa-Krus orolining 20 metr tubiga cho‘kkan. Yuqori palubada bo‘lgan ekipaj a’zolari suvga sakragan, ularni kema yaqinidan o‘tayotganlar qutqargan. 34 nafar yo‘lovchi esa paluba binosining ichida qolganlar.

23-metrli "Konsepshn" kemasi 1981 yilda qurilganligi ma’lum qilingan. Hodisa paytida kemada asosan suzish va dengiz baliqchiligi ishqibozlari, dam olish kunlarida tabiat qo‘ynida hordiq chiqarishga yo‘l olgan kishilar bo‘lgan.

Mahalliy vaqt bilan tonggi soat 3 da kemada yong‘in chiqqan, sabablari hali ma’lum emas. Ayni paytda kema suv ostida.

Kema qirg‘oq yaqinida bo‘lishiga qaramay, unda yonuvchi buyumlarning ko‘pligi bois olovni o‘chirishning imkoni bo‘lmagan. O‘t o‘chiruvchilar bir necha marta olovni o‘chirishga urinishgan, avj olgan alangani bostira olmaganlar.

AQSh qirg‘oq qo‘riqchilari rahbari Aaron Bemis yong‘in kuchliligidan o‘t o‘chiruvchilar hatto alanga o‘chgach ham bortga chiqa olishmaganini aytdi.

Britaniya: Bosh vazir tanazzulga yuz tutmoqdami?

Britan deputatlari ta’tildan qaytishi bilan bosh vazir Boris Jonsonning Britaniyadan Yevropa Ittifoqidan kelishuvsiz chiqishini taqiqlovchi qonun loyihasini parlamentga taqdim etish niyatida. Deputatlar Breksitni 31 oktyabrdan uch oyga - 2020 yil 31 yanvargacha qoldirishni taklif qilishmoqda.

VVS ga ko‘ra, Jonsonning o‘zi agar uni deputatlar qo‘llab-quvvatlamasa, 14 oktyabr kuni muddatidan oldin saylovlarni o‘tkazishni taklif qiladi.

Ushbu saylovlarning o‘tkazilishi ehtimoli uzoq vaqtdan buyon muhokama qilinmoqda. Bosh vazir bunga qarshi, shu bois Jonson Breksit to‘g‘risidagi qonunni hukumatga ishonch ovozi sifatida qabul qiladi.

 

Kiritildi: 18:00 04.09.2019. O'qildi: 3491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!