Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh va Isroil o‘rtasida yangi ziddiyat: Netanyahu Vashingtonga safarini bekor qildi

AQSh va Isroil o‘rtasida yangi ziddiyat: Netanyahu Vashingtonga safarini bekor qildi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu AQShga rejalashtirilgan tashrifini bekor qildi. Bu qaror Vashington va Tel-Aviv o‘rtasida harbiy hamkorlik masalalarida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar fonida qabul qilindi.

Xabarlarga ko‘ra, Isroil tomoni Netanyahuning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvini tashkil etish uchun muzokaralar olib borgan. Biroq tomonlar o‘rtasida Ben-Gurion xalqaro aeroportidan AQSh harbiy aviasiyasi foydalanishi masalasida ziddiyat yuzaga kelgan.

Isroil transport vaziri Miri Regev yozgi sayyohlik mavsumida fuqarolik aviasiyasi faoliyatiga xalaqit bermaslik maqsadida qo‘shimcha AQSh yoqilg‘i quyuvchi harbiy samolyotlarini aeroportga qabul qilmaslik haqida ko‘rsatma bergan.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) esa bu qaror mintaqadagi, ayniqsa Eron bilan keskinlik kuchaygan bir paytda, Amerika harbiy kuchlarining operativ imkoniyatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishini bildirgan. AQSh tomoni yoqilg‘i quyuvchi samolyotlar mintaqadagi harbiy operasiyalarni qo‘llab-quvvatlashda strategik ahamiyatga ega ekanini ta’kidlagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ben-Gurion aeroportida AQShning yoqilg‘i quyuvchi samolyotlari soni 33 taga yetgan. Avvalroq esa ularning soni 20 tadan oshmasligi bo‘yicha kelishuv mavjud edi.

Isroil aeroportlari boshqarmasi harbiy samolyotlar sonining yanada ortishi fuqarolik reyslari faoliyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi va yozgi mavsumda minglab aviachiptalarning bekor qilinishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Kiritildi: 22:58 17.07.2026. O'qildi: 1532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!