BMT Inson huquqlari kengashining oliy darajadagi sessiyasi ochilishida ilk marta AQShdan bironta vakil qatnashmadi.
Bugun, 24 fevral kuni Jeneva (Shveysariya)da BMT Inson huquqlari kengashining oliy darajadagi 58-sessiyasi ish boshladi. Biroq Kengashning majlislar zalida AQSh delegasiyasi uchun ajratilgan joy bo‘sh qoldi. Qolaversa, Isroil delegasiyasi ham kelmadi.
E’tiborli jihati, AQSh delegasiyasining majlisdagi joyi — Rossiya va Falastin delegasiyalari o‘rtasida.
Eslatib o‘tamiz, fevralning ilk haftasida AQSh va Isroil birin-ketin BMT Inson huquqlari kengashi a’zoligidan chiqib ketgandi.