Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

AQSh va Eron urushidan O‘zbekistonga zarar bormi?

A A A
AQSh va Eron urushidan O‘zbekistonga zarar bormi?

So‘nggi kunlarning eng shov-shuvli va tahlikali xabarlaridan biri AQSh va Eron o‘rtasida urush ochilishi haqidagi yangiliklardir. Xo‘sh, bundan O‘zbekistonga qanday zarar bo‘lishi mumkin?

Urush xavfi

AQSh harbiylari Eronning yuqori martabali mansabdori Qosim Sulaymoniyni o‘ldirgan. Bu esa ikki mamlakat o‘rtasidagi tarang munosabatlarni yanada murakkablashtirgan.

Rasmiy Tehron marhum generalning qotillaridan qasos olishini aytgan. Shu orqali Eron qurolli kuchlari AQShning Iroqdagi harbiy bazalariga aviahujum qilgan. Bundan tashqari, Eron atom kelishuvidan chiqqanini ham rasman e’lon qilgan.

O‘zbekistonga ta’siri

Ushbu tarang holat tufayli dunyo bo‘yicha neft narxi oshishni boshlagan. Bu esa ko‘plab davlatlarning iqtisodiyotiga salbiy ta’sir qiladi, jumladan, O‘zbekistonga ham. Birinchi navbatda benzin narxi oshishi mumkin.

Bundan tashqari, Erondagi Chobahor bandargohi ham xavfli hududga aylanadi. O‘zbekiston esa katta temir yo‘l orqali shu bandargohga va keyinroq ochiq dengizga chiqib, savdoni rivojlantirishni rejalashtirayotgan edi.

Urush oqibatlari

Kecha Eron AQSh harbiy bazasiga hujum qilgan. Bugun tongda esa Erondan uchib o‘tayotgan Ukraina samolyoti halokatga uchragan. Samolyot yo‘lovchilarining aksariyatini eronlik fuqarolar tashkil qilgan.

Tramp taqdiri

AQSh prezidenti Donald Tramning karyerasi mana shu urush sababli xavf ostida qolishi mumkin. Tramp mansabini suiiste’mol qilgani va Kongress ishiga to‘sqinlik qilgani uchun AQSh senati quyi parlamenti 2019 yil dekabrda unga impichment e’lon qilgandi.

Shu oyda Senat bu impichmentni ko‘rib chiqadi. Agar ma’qullasa, Tramp prezidentlik lavozimidan muddatidan oldin chetlatiladi.

Kiritildi: 16:26 08.01.2020. O'qildi: 16695 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!