Birinchi raund shanba kuni boshlanadi,deb xabar bermoqda Oq uy.
Pokiston Bosh vaziri avvalroq muzokaralar Islomobodda juma kuni, 10 aprelda boshlanishini kutayotganini aytgan edi.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt, shuningdek, Vashington Livanni AQSh va Eron o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining bir qismi deb hisoblamasligi haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Isroil chorshanba kuni urush boshlanganidan beri Livanga eng kuchli zarbasini berdi.
Oq uy vakilining so‘zlariga ko‘ra, Tramp ikki haftalik sulh kelishuvida ko‘zda tutilganidek, Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochishga majbur qiladi. Uning ta’kidlashicha, chorshanba kuni bo‘g‘ozda kemalar qatnovi oshgani kuzatilmoqda.
Livittning aytishicha, Trampning avvalroq bildirgan keskin ritorikasi "uning "butun bir sivilizasiyani" yo‘q qilish bilan tahdid qilgan posti" vositachilar orqali Eron bilan kelishuvga erishilishiga sabab bo‘lgan.
Reuters xabariga ko‘ra, Oq uy matbuot kotibi Eron avvaliga AQSh uchun qabul qilib bo‘lmaydigan reja taklif qilgani, keyinroq esa Yaqin Sharqdagi urushni tugatish bo‘yicha ancha oqilona reja taqdim etganini aytgan. Shuningdek, Livitt Tehron boyitilgan uranni topshirishga rozi bo‘lishini da’vo qilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘t ochishni to‘xtatish e’lon qilinishidan oldin Tramp Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan gaplashgan edi.