AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinliklarga qaramay, Tramp ma’muriyati Tehron bilan yechim izlashda davom etmoqda va ikki tomon o‘rtasidagi texnik muzokaralar davom etmoqda.
Bu haqda Axios nashri AQSh rasmiysiga tayanib xabar bermoqda.
"Tramp ma’muriyati yadroviy kelishuvga yechim topishga sodiq qolmoqda va texnik muzokaralar davom etmoqda", deb ta’kidladi u.
Manba shuningdek, AQSh rasmiysining so‘zlarini keltirdi:
"Kecha Tramp o‘z pozisiyasini aniq bildirdi. Eronning kemalarga hujumlari terroristik harakatlardir.
Memorandum majburiyatlarni bajarishga asoslangan va Eronning harakatlari erishilgan kelishuvlarga mos kelmaydi".