AQSh harbiy vertolyoti Pokiston qirg‘og‘idan taxminan 71 dengiz milya uzoqlikda, Ummon ko‘rfazida Panama bayrog‘i ostidagi kemaga qarata o‘t ochdi.
Bu haqda The Wall Street Journal nashri xabar berdi.
Kema ekipaji Eron portlarini dengiz blokadasiga qo‘ygan AQSh harbiy xizmatchilarining ogohlantirishlarini e’tiborsiz qoldirdi.
Hodisada qurbonlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.
Hujumdan so‘ng, kema ekipajni boshqa fuqarolik kemasiga o‘tkazishga urinayotgani taxmin qilinmoqda.
Avvalroq Qirollik dengiz flotining Dengiz savdo operasiyalari markazi (UKMTO) Pokiston qirg‘og‘i yaqinidagi Ummon ko‘rfazida konteyner kemasi va harbiy xizmatchilar ishtirokidagi hodisa haqida xabar bergan edi.