Qo‘shma Shtatlar harbiy yordam doirasida Ukrainaga qurol-yarog‘larning ayrim turlarini oshkora o‘tkazmayapti, deb yozadi Politico.
Nashrning yozishicha, 19 avgust kuni Pentagonning yuqori martabali mulozimlaridan biri Vashington ma’lum vaqtdan beri Kiyevga HARM antiradar raketalarini yetkazib berganini tan olgan, biroq AQSh bu haqda rasman e’lon qilmagan.
"Biz birinchi marta HARM raketalari yetkazib berilishini e’lon qilganimizda, ular bayonotda eslatib o‘tilmagan edi. Biz buni radarlarga qarshi imkoniyatlarni ta’minlovchi tarzda taqdim etdik", - dedi AQSh Mudofaa vazirligi vakili.
Shundan so‘ng Yahoo News Vashington Kiyevga ATACSMS boshqariladigan taktik ballistik raketalarni ham topshirishi mumkinligini taklif qildi.