"Biz ma’lumotlarni berishni to‘xtatmadik. Biz ularga yordam beryapmiz", – dedi prezident.
Eslatib o‘tamiz, Oq uy matbuot kotibi AQSh Ukrainaga razvedka ma’lumotlarini yetkazishni to‘xtatgani yoki yo‘qligi haqidagi savolga javob bera olmagan edi
AQSh prezidentining yangi matbuot kotibi Zaxariya jurnalistning tegishli savoliga javoban, ushbu ma’lumotni aniqlashtirib olishi zarurligini ma’lum qildi.
Avvalroq, AQSh ma’muriyati Ukraina Rossiyaning neftni qayta ishlash zavodlariga hujumlarni to‘xtatmasa, Amerika qurollarini xarid qilishga mo‘ljallangan PURL dasturi faoliyatini to‘sib qo‘yishini bildirgan edi.