Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

AQSh Ukraina poytaxti nomini o‘zgartirdi (foto)

AQSh Ukraina poytaxti nomini o‘zgartirdi  (foto)

AQSh jo‘g‘rofik nomlar bo‘yicha kengashi Kiyev nomini yozish qoidasini o‘zgartirishga qaror qildi. Bu haqda Ukrainaning AQShdagi elchixonasi xabar qildi.

Ko‘rib chiqish uchun tegishli murojaatni elchi Valeriy Chaliy yubordi.

Kengash bir ovozdan xalqaro bazada Ukraina poytaxtini "Kiev"ni  "Kyiv"ga o‘zgartirishga qaror qildi.

Umumiy bazaga 17 iyun kuni o‘zgartirish kiritiladi.

Elchixona ta’kidlashicha, bu qaror Kiyevning butun dunyoda, shu jumladan, xalqaro qatnovlarda va chet el aeroportlarida yozilgan matnni o‘zgartirish uchun muhim ahamiyatga ega.

May oyi oxirida Ukraina hukumati ayrim rus familiyalarni yozish tartibini o‘zgartiradigan yozuv qoidalarini tasdiqlagandi.

Rossiya Davlat dumasida bu qadamni Rossiyaga qarshi kampaniyani davomi deb atadi.

Kiritildi: 14:28 13.06.2019. O'qildi: 6181 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!