Eron AQSh bilan muzokaralarni qayta boshlashga tayyor, biroq bu jarayon adolatli bo‘lishi va mamlakatning mudofaa salohiyatiga taalluqli masalalarni o‘z ichiga olmasligi kerak, dedi Eron tashqi ishlar vaziri.
"AQSh tahdidlarni bas qilishi lozim. Biz o‘zaro teng huquqli, yadroviy qurol bo‘lmasligini ta’minlaydigan, Eronga qarshi sanksiyalar olib tashlanadigan va adolatli yadroviy kelishuvda ishtirok etamiz", — dedi Abbos Aroqchi.
Shuningdek, Aroqchi Eron mintaqa davlatlari bilan tinchlik va barqarorlikni himoya qilish uchun hamkorlik qilishga tayyorligini ta’kidladi.