Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh Suriya shimolida yangi baza qurmoqda

A A A
AQSh Suriya shimolida yangi baza qurmoqda

AQSh boshchiligidagi Xalqaro antiterror koalisiyasi Suriya shimolida o‘z bazasini tashkil etmoqda. Bu haqda "Al Hadath"ga asoslanib xabar berilgan. 

Xabarda aytilishicha, baza Suriyaning Turkiya va Iroq bilan chegarasi yaqinida joylashgan bo‘ladi. 

Hozirda baza qurilishi Xaseke viloyatidagi Ayn-Davar aholi punkti yaqinida davom etmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Suriyaning shimoli-sharqida AQSh sakkizga yaqin baza tashkil etgan. 

Ularning eng kattasi amerikaliklar va kurdlar nazorati ostida bo‘lgan neftga ega hududlar yaqinida joylashgan.

Manba:qalampir.uz

Kiritildi: 15:11 15.02.2021. O'qildi: 1820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik