Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

AQSh Shimoliy Koreyaga 47 ta talab qo‘ydi

AQSh Shimoliy Koreyaga 47 ta talab qo‘ydi

AQSh Shimoliy Koreyaning to‘liq yadroviy qurolsizlantirilishi bo‘yicha kelishuv doirasida Pxenyanga 47 ta banddan iborat talablarni qo‘ydi. Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kononing intervyusiga iqtibos keltirgan holda TASSga tayanib  "Kun" nashri xabar berdi. 

Kononing aytishicha, AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Vashington “to‘liq yadroviy qurolsizlantirish” deganda yadroviy va ommaviy qirg‘in qurollarining boshqa turlari hamda raketalar va tegishli ob’ektlarning yo‘q qilinishini nazarda tutishini Shimoliy Koreya e’tiboriga yetkazib qo‘ygan.

“Shu bilan bog‘liq holda Shimoliy Koreyaga 47 ta banddan iborat talablar qo‘yilgan. Agar talablar bajarilmasa, unda Shimoliy Koreyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalar bekor qilinmaydi”, deb aytgan Kono. 

Kiritildi: 09:48 17.06.2018. O'qildi: 1847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!