Bugun 13 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

AQSh ruxsatisiz Venesueladan hech qanday tankerlar chiqmaydi

AQSh ruxsatisiz Venesueladan hech qanday tankerlar chiqmaydi

Vashington ma’muriyati Venesuelodan AQSh ruxsatisiz chiqib ketadigan barcha tankerlarni to‘xtatishni davom ettiradi.

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt jurnalistlarga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp "Faqat AQShdan ruxsat olgan neft tankerlari Venesueladan chiqishi mumkin" deb aniq belgilab qo‘ygan.

"Biz davlatga tegishli bo‘lmagan yoki savdo uchun ruxsat olmagan kemalarni to‘xtatishni davom ettiramiz", — dedi Levitt.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 278 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!