Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQSh Rossiyani Yevropada tiyib turmoqchi. Ammo qaysi yo‘l bilan?

AQSh Rossiyani Yevropada tiyib turmoqchi. Ammo qaysi yo‘l bilan?

AQSh mudofaa byudjetining keyingi moliyaviy yil (1 oktyabrdan boshlanadi) uchun loyihasida "Evropa tiyib turish tashabbusi" dasturi uchun 3,8 mlrd dollar ajratish ko‘zda tutilgan. Kongress vakillar palatasining qurolli kuchlar ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Adam Smit tayyorlagan hujjatda ana shunday taklif berildi.

Hujjatda "Rossiyani tyibi turish uchun "Evropa tiyib turish tashabbusi" dasturini moliyalashtirishga 3,789 mlrd dollar miqdorida mablag‘ ajratish ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, Smitning so‘zlariga ko‘ra, loyiha byudjeti "Rossiyaning Qrim ustidan suverenitetini tan oladigan har qanday faoliyatni moliyalashtirishga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi", "Rossiya bilan harbiy hamkorlikni cheklaydi". Bu yerda gap ikki mamlakat mudofaa vazirliklarining Suriyadagi aloqa kanali haqida bormoqda.

O‘tgan yili "Evropa tiyib turish tashabbusi" uchun 6,5 mlrd dollar ajratilgandi.

Kelasi haftada Smit rahbarligidagi qo‘mita mazkur byudjet loyihasini ko‘rib chiqadi. So‘ngra hujjat vakillar palatasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 

Kiritildi: 05:30 28.06.2020. O'qildi: 2973 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!