Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

AQSH: Rossiya va Xitoyning vaksinalariga ishonib bo‘lmaydi!

AQSH: Rossiya va Xitoyning vaksinalariga ishonib bo‘lmaydi!

Rossiya koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarishga shoshildi.

"Moskva buni siyosiy ambisiyalaridan kelib chiqqan holda amalga oshirdi va sog‘liqni saqlash muammolari e’tiborsiz qoldirildi", – dedi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo.

Uning fikriga ko‘ra, Xitoy ham xuddi shunday qildi.

«Biz ruslar va xitoyliklar ushbu tibbiy vaksinalarni bozorga olib chiqishga shoshilib, tibbiy yutuq emas, balki siyosiy, diplomatik yutuqqa erishmoqchi ekanligini bilamiz. Bu dunyoning asosiy manfaatlariga javob bermaydi", — dedi Pompeo.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federasiyasi va Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinalarga nisbatan "ishonmang, balki tekshiring" tamoyiliga amal qilish kerak. Agar bozorda samarali bo‘lmagan vaksinalar mavjud bo‘lsa, bu yangi muammolarga va undan ham ko‘proq odamlarning o‘limiga olib keladi.

Kiritildi: 16:52 05.09.2020. O'qildi: 1779 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!