AQSh razvedkasi Eron Vashington bilan harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha to‘liq diplomatik muloqotdan manfaatdor emasligiga ishonadi.
Bu haqda The New York Times nashri rasmiylarga tayanib xabar berdi.
"So‘nggi kunlarda bir nechta AQSh razvedka agentliklari Eron rahbariyati hozirda AQSH-Isroil harbiy operasiyalarini tugatish bo‘yicha mazmunli muzokaralar olib borishga tayyor emasligi haqida xulosaga kelishdi", deb ta’kidlaydi nashr.
Ushbu baholarga ko‘ra, Eron rahbariyati hozirgi mojarodagi o‘z pozisiyasining mustahkamligiga ishonadi va o‘zini Qo‘shma Shtatlar tomonidan ilgari surilgan diplomatik shartlarni qabul qilishga majbur deb hisoblamaydi.
Ta’kidlanishicha, Tehron aloqa kanallarini saqlab qolishga tayyorligini bildirgan, ammo Amerika tomoniga ishonmaydi va AQSh prezidenti Donald Trampning muzokaralar jarayoniga jiddiy munosabatiga shubha qiladi.
Nashr manbalari Eron hukumati ma’lum shartlar bajarilsa, diplomatik aloqaga rozi bo‘lishi mumkinligini ta’kidladilar. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Tehron Vashington urushni to‘liq tugatish bo‘yicha mazmunli muzokaralar olib borishga tayyor ekanligi va vaqtinchalik sulhni muhokama qilish bilan cheklanmaganligi haqidagi tasdiqni olishni kutmoqda.