Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

AQSh Prezidenti Prezident Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi

A A A
AQSh Prezidenti Prezident Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

Hurmatli Prezident janoblari!

Sizga va O‘zbekiston xalqiga Navro‘z tinch, baxtli va farovon bo‘lishini tilamoqchiman.

Afg‘onistonda urushga chek qo‘yadigan, barqaror va diplomatik yechimni ta’minlaydigan tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash borasidagi birgalikdagi ishlarimizda Navro‘z bayrami tinchlik nihoyatda muhim ne’mat ekanini eslatib turadi.

Joriy yilda O‘zbekiston mustaqilligiga 30 yil to‘ladi. Keyingi yillarda Siz muhim islohotlarni amalga oshirdingiz va mening Administrasiyam bu muvaffaqiyatni davom ettirish uchun mamlakatingiz bilan hamkorlik qilishga tayyor.

Biz, shuningdek, besh yil avval Davlat kotibi Jon Kerri rahbarligida boshlangan «C5+1» muloqoti doirasidagi hamkorlik davom etishidan umidvormiz.

Sizga va O‘zbekiston xalqiga shu yangi yilda va yangi bahor faslida eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Navro‘z muborak!

Hurmat bilan,

Jozef Robinett Bayden,

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti

Kiritildi: 17:09 13.03.2021. O'qildi: 3099 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!